Zamonaviy avtotransport vositalarining oynalarni yuvish tizimlari uchun moʻljallangan yozgi oynani yuvish suyuqligining kontsentrati. Havfsiz, dogʻ qoldirmaydi.
RAVENOL Sommer-Scheibenreiniger 1:10 — apelsin hidi bilan avtomobil oynasini yuvish uchun mo‘ljallangan yozgi kontsentrat suyuqlik. Avtomobilning oynani yuvish idishiga quyiladi. Zamonaviy barcha avtomobil markalarining oynatozalagich tizimlari uchun ishlab chiqilgan.
RAVENOL Sommer-Scheibenreiniger 1:10 faralar, old va orqa oynalarni mukammal tozalaydi, hasharot izlari, yog‘li plyonka va boshqa iflosliklarni tezda yo‘qotadi. Tarkibida zamonaviy tozalovchi komponentlar (detergent-dispersantlar) mavjud bo‘lib, ular iflosliklarni samarali olib tashlaydi, abraziv zarrachalarni bog‘laydi va ularni shisha tozalagichlar ishlaydigan hududdan olib chiqadi. RAVENOL Sommer-Scheibenreiniger 1:10 faqat +5°С dan yuqori tashqi haroratlarda yoz mavsumida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
RAVENOL Sommer-Scheibenreiniger 1:10 avtomobil oynasini yuvish vositalariga qo‘yilgan barcha zamonaviy talablarni qanoatlantiradi. Rezina, plastmassa, metall, bo‘yoq qoplamalari va boshqa avtomobil materiallari uchun xavfsiz. Dog‘ qoldirmaydi. Shishalarni va shisha tozalagichlar cho‘tkasini abraziv eskirishdan himoya qiladi hamda cho‘tkalarning harakatini yengillashtiradi.
Qo‘llanilishi:
- suv bilan 1:10 nisbatda aralashtiriladi,
- kuchli ifloslikda nisbatni biroz oshirish mumkin,
- suv bilan aralashtirilganda shaffof bo‘ladi.
Tarkibi:
Anionli yuzaga ta’sir qiluvchi faol modda (tensid) suvli eritmasi, bo‘yoq va xushbo‘y modda. Tarkibida izopropanol, metanol kabi spirtiy moddalar mavjud emas.
0,5 % etanol saqlaydi<.
UBA-Nr. 07040043
Ko‘rsatmalar:
Bolalardan uzoqda saqlang!
Ko‘zga tegsa, suv bilan yuvib tashlang.
Texnik xususiyatlar
Parametr | Qiymat |
---|---|
Kenglik, mm | 110 |
Uzunlik, mm | 185 |
Balandlik, mm | 340 |
Og‘irlik, kg | 5.248 |
Brand | RAVENOL |
BMW | 83122288904 |
Honda | 08CZZ00024A |
Jaguar | JAGLM1164 |
Mercedes-Benz | A002986147109 |
Volkswagen Group | G052184A2 |
Volkswagen Group | G052184A4 |